
“Murabbiy sifatida, o'yin payti ko'proq futbolchilarni o'zgartirish va o'rindiqda o'tirgan boshqa o'yinchilarga maydonga tushish imkonini berish tarafdoriman. Bu menga jamoaning o'yinlarini yanada yaxshiroq boshqarishga ko'mak beradi.
O'yin davomida zaxira o'rindig'idan ko'proq o'yinchi maydonga tushirilsa va o'zgartirish qaydnomasiga kiritilsa yaxshi bo'lardi. Bu yangilik barchaga katta foyda keltirardi, futbolchilar esa dam olish imkoniyatiga ega bo'ishadi”, - deydi Gvardiola.