Xorxe Fossati - Qatar terma jamoasi yangi bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
24 sen 2016, 21:40
JCH-2018 saralashidagi O'zbekistonning raqiblaridan biri Qatar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.
Qatar futbol Assotsiatsiyasi rasmiy sayti urugvaylik Xorxe Fossati terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlaganini e'lon qildi. Ushbu murabbiy 2007-2008 yillarda ham Qatar terma jamoasi ustozi sifatida faoliyat olib borgan edi.

Eslatib o'tamiz, Qatar JCH-2018 saralashi 3-bosqichining dastlabki ikki o'yinida Eron (0:2) va O'zbekiston (0:1) jamoalariga yutqazgach bosh murabbiy Xose Daniel Karreno iste'foga chiqarilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia