Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi JCH-2018 kumush medalidan voz kechdi

Tolibjon Qosimov
20 iyul 2018, 21:13
Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Nikola Kalinich Jahon chempionati-2018ning kumush medalidan voz kechdi.

Kalinich 1-tur doirasidagi Nigeriyaga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushishni xohlamagani uchun jamoadan chetlatilgan edi.

"Chiroyli ishi uchun jamoadagi sheriklarimga rahmat aytaman. Lekin, men Rossiyada o'ynamadim", - dedi 30 yoshli forvard "kurir.rs"ga bergan intervyusida.


Mirobid Mirsodiqov tayyorladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: kurir.rs