Xorazm viloyati birinchiligi. “Urganch OZK-1” jamoasi peshqadamlikni mustahkamlamoqda

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2013, 10:39
Xorazm viloyati birinchiligining 2 liga jamoalari navbatdagi tur uchrashuvlarini o'tkazishdi.
Musobaqada karvonboshi bo'lib turgan Urganch olimpiya zaxiralari kollejining  “Urganch OZK-1” jamoasi ushbu turni safarda o'tkazganiga qaramay yirik hisobdagi g'alabani tantana qildi. Kollej tarbiyalanuvchilari bu gal mehmonda “Navro'z” jamoasini tor-mor etishdi, 7:0.  Natijada ular eng yaqin taqibchisi  “Terma-97” jamoasidan olti ochkoga o'zib ketishdi. Shu o'rinda qayd etish joizki, “Terma-97” jamoasi peshqadamga nisbatan ikki o'yin kam o'tkazishgan. “Xonqa”liklar “Yangibozor”lik futbolchilar ustidan erishgan g'alabasidan keyin to'plar nisbatiga ko'ra uchinchi o'ringa ko'tarilib olishdi.

Ajablanarlisi shundaki, chiroyli o'yinlari bilan muxlislari qalbidan o'rin olayotgan “Qo'shko'pir” jamoasining mazkur turda  o'z maydonida “Urganch OZK-2”ni qabul qila olmaganidir. Natijada, mehmonlar jamoasiga texnik g'alaba yozildi.    
   
Agarda jamoalarning turli miqdorda o'yinlar o'tkazishganiga e'tibor qaratsak, musobaqa jadvalida o'zgarishlar ro'y berishi mumkin.

6-tur natijalari:
           
20 iyul

“Terma-97” (Urganch shahri) - “Xiva” (Xiva shahri) - 5:3
“Navro'z” (Yangiariq tumani) - “Urganch OZK-1” (Urganch shahri) - 0:7   
“Xonqa” (Xonqa tumani) - “Yangibozor” (Yangibozor tumani) - 4:2   
   
21 iyul

“Shoxobod” (Shovot tumani) - “Gurlan” (Gurlan) - 2:1     
“Qo'shko'pir” (Qo'shko'pir tumani) - “Urganch OZK-2” (Urganch shahri) -  -: +
“Internat” (Urganch shahri) jamoasi- dam olish.
 
Ikrom  Xudoyberganov 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia