"Xorazm" "Andijon" sobiq himoyachisi va yana ikki futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
7 fev 2025, 15:41
"Xorazm" 3 nafar futbolchini safiga qo'shib olgani e'lon qilindi.

Bular – Muhammadbobur Asadullaev ("Dinamo"), Hazrat Tursunqulov ("Metallurg") va Ilhom Alijonov ("Andijon"). Har uchala futbolchi bilan 1 dekabrga qadar kelishuv imzolandi.

Ma'lumot o'rnida, yarim himoyachi Muhammadbobur Asadullaev o'tgan mavsum "Dinamo" tarkibida 1 o'yin o'tkazgan bo'lsa, "Xorazm" safida 7 uchrashuvda maydonga tushdi.

Yarim himoyachi Hazrat Tursunqulov "Metallurg" tarkibida 9 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan bo'lsa, "Xorazm" libosida 15 o'yinda ishtirok etib, 2 ta to'p kiritdi va 1 ta golli pas uzatdi.

Himoyachi Ilhom Alijonov andijonliklar safida 15 uchrashuvda qatnashib, 2 marta ogohlantirildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz