Xolandning Manchester Siti bilan shartnomasidagi tovon puli miqdori ma'lum bo'ldi

Khoja
10 apr 2024, 12:13
Ispaniyaning Relevo nashri Manchester Siti hujumchi Erling Xolandning shartnomasidagi tovon puli qancha ekanligini e'lon qildi.

23 yoshli futbolchini sotib olish uchun jamoalar ingliz klubiga 175 million evro to'lab berishi lozim bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Xoland 2022 yilda Manchesterga ko'chib o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Релево