

Uchrashuvning 29-daqiqasida tinib-tinchimas Erling Xoland raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdi. Bu norvegiyalikning musobaqa joriy mavsumida urgan 27-goli bo'ldi va u bu borada “Manchester Siti”da rekord qo'ydi.
“Shaharliklar” safida mavsum davomida APLda gol urish bo'yicha avvalgi eng yaxshi natija 2014/15 yilgi mavsum Serxio Aguero tomonidan qayd etilgandi – 26 gol.



