"Xoland o'yin taqdirini hal qila oladi. Men uning yoshida to'pni nazorat qilolmasdim". Veri norvegiyalik futbolchi haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
17 noya 2021, 09:10
Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Kristian Veri "Borussiya D" hujumchisi Erling Xoland haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bunday yoshda Xolandga o'xshagan futbolchini ko'rmaganman. Uning narxi 80 million evro? U 200 million turadi. 

Xoland o'yin taqdirini hal qila oladi. Men uning yoshida hatto to'pni nazorat qilolmasdim.

U bilan ikkilanishlarsiz shartnoma imzolagan bo'lardim", - dedi Veri.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru