Veri: "Xoland 200 million evro turadi"

Alisher
17 noya 2021, 15:10
Italiyalik sobiq hujumchi Kristian Veri Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'ynayotgan Erling Xolandni yuqori baholadi.

"Oldin hech qachon Erlingdek futbolchini ko'rmaganman. Xoland o'z yoshida shunchaki aqlbovar qilmas.

Men hatto o'zimning 20 yoshimda bunday darajani orzu ham qilmaganman. U 200 million evro turadi deb o'ylayman.

Agar men klub egasi bo'lsam, u bilan shartnoma imzolash uchun bor kuchimni ishlatgan bo'lardim", - deydi Veri.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano