Xoland nega MYU taklifini rad etganini aytdi

Alisher
14 fev 2020, 11:54
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland nega "Manchester Yunayted" taklifini rad etgani haqida gapirdi.

"Ole Gunnar Sulshyerdan juda ham minnatdorman. Unga katta rahmat aytaman, hozirda menda bor narsalarga u tufayli erishdim, ammo men "Borussiya" variantini eng yaxshisi deb bildim.

Ko'pchilik meni maosh tufayli bu klubni rad etgan deb o'ylaydi, ammo men bunday mish-mishlarga ahamiyat bermayman. Menga yaqin odamlar bilishadiki, men birinchi navbatda futbolga e'tibor qarataman", - deydi 19 yoshli to'purar.

Eslatib o'tamiz, Xoland "Myolde"da Sulsher qo'l ostida shug'ullangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal