Xoland "Manchester Siti" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Mirjalol Normatov
9 may 2022, 22:17
Dortmundning "Borussiya"si forvardi Erling Xoland "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin turibdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, 21 yoshli futbolchi bugun Dortmundda "Manchester Siti" uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan. Ushbu haftada barcha hujjatlar rasmiylashtirilishi mumkin. Uning transfer narxi avval kutilganidek 75 million evro emas, 60 million evroga teng bo'ladi.

Ushbu mavsumda norvegiyalik forvard Bundesliganing 23 o'yinida 21 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano