

20 yoshli forvard Jahon chempionati saralashi doirasidagi Gibraltar (3:0), Turkiya (0:3) va Chernogoriya (1:0)ga qarshi o'yinlarda ishtirok etdi. Xoland ularning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.
Xoland so'nggi bor ketma-ket uchta o'yinda 29 fevral va 11 mart orasida muddatga gol ura olmagan. Ammo Xoland "Frayburg"ga qarshi o'yinda zaxiradan o'yinni boshlagan va 63-daqiqada maydonga chiqqan.
Eslatib o'tamiz, "Real"ga o'tishga yaqin bo'lgan o'yinchi ayni damda Dortmundning "Borussiya" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.



