Xoland Bundesliga rekordini o'rnatdi

Mirjalol Normatov
17 apr 2022, 14:57
Dortmundning "Borussiya"si forvardi Erling Xoland Bundesliga 30-turi doirasida "Volfsburg" darvozasiga 2 gol urdi.

Bu norvegiyalik futbolchining Bundesligada 63-o'yinidagi 57 va 58-gollari bo'ldi. Ushbu samaradorlik Bundesliga tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Ushbu mavsumda forvard barcha turnirlarda 26 o'yinda qatnashib, 25 gol va 7 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal