Xitoylik biznesmen "Sautgempton"ni sotuvga qo'ydi

Alisher
9 mar 2020, 12:56
Yao Czishen "Sautgempton"ni sotishga qaror qildi.

U klubni 2017 yilda xarid qilgan edi. Bitimning taxminiy narxi 250 million funtga baholanmoqda.

Yao aynan shu narxga klubni 3 yil oldin sotib olgan edi.

"Sautempton" joriy mavsum APLda qolish masalasini deyarli uddaladi. Jamoa 34 ochko jamg'argan holda jadvalning 14-o'rnida bormoqda.

Eslatib o'tamiz, "Sautgempton" keyingi o'yinini 14 mart kuni "Norvich"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: thetimes.co.uk