Xitoy yoshlar terma jamoasida janjal boshlandi

Оқил Абдубарноев
9 mar 2023, 20:51
Xitoy OAVlari terma jamoa sardorining ikki yoshda ro'yxatga olinganini e'lon qilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Xitoy U-20 sardorining hujjatlarga ro'yxatdan o'tish hamda tibbiy ko'riklaridagi varaqalarida ikkita tug'ilgan sana: 2000 yilning 2 may va 2001 yilning 28 yanvari keltirilgan 

O'zbekistonda o'tkazilayotgan Osiyo kubogida esa u 2003 yilda tavallud topgani qayd etilgan.

Eslatib o'tamiz, biroz avval xitoyliklar Qirg'iz Respublikasi bilan durang o'ynab, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: kyrgyzfootball