Xitoy Superligasi. "Shanxay SIPG" birinchi o'ringa chiqib oldi, ammo "Guanjou Evergrand" taqibni davom ettirmoqda (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
14 sen 2018, 18:40
Bir necha daqiqa oldin Xitoy Superligasining 22-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuv yakunlandi.

"Shanxay SIPG" "Tyanczin Teda" mehmoni bo'ldi. Ushbu uchrashuvda shanxayliklar 5:2 hisobida g'alabaga erishishdi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov bu o'yinda ishtirok etmadi.




"Shanxay SIPG" bilan chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Guanjou Evergrand" bu turda "Beyjing Goan"ni qabul qildi. Taliskaning so'nggi daqiqalarda urgan goli Guanjou jamoasiga g'alaba keltirdi.




Xitoy Superligasi turnir jadvalida "Shanxay SIPG" peshqadamlik qilmoqda. Uning eng yaqin taqibchilari "Guanjou Evergrand" va "Beyjing Goan".

Xitoy chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia