Xitoy klubi Zaxaga 4 yil uchun 44 mln. funt taklif qildi

Aslanov Jasurbek
26 dek 2018, 11:45
"Kristal Pelas" hujumchisi Uilfrid Zaxa Xitoydan taklif oldi.

Ma'lum bo'lishicha, "Dalyan Ifan" forvardga umumiy maoshi 44 mln. funt bo'lgan 4 yillik bitim taklif qilgan.

Ivuarlik futbolchi yozda "Kristal Pelas" bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan bitim imzolagan edi. Ayni damda uning haftalik maoshi 130 ming funt (Xitoy klubi taklifidan 3 marta kam).

"Dalyan Ifan" yanvarda 26 yoshli futbolchini sotib olish uchun rasmiy taklif yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail