

Ma'lum bo'lishicha, nomi sir tutilayotgan Xitoy klubi 32 yoshli futbolchi uchun yiliga 10 mln. evro to'lashga tayyor. Klub braziliyalik bilan 3 yilga bitim tuzmoqchi. Oldinroq Alves mavsum oxirida PSJga o'tishi ma'lum qilingan edi.
Alves joriy mavsumda Primeroning 15 uchrashuvida 2 ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.



