Haftasiga 1,3 mln. evro? Beylga Xitoy klubi qiziqish bildirmoqda

Alisher
9 iyul 2019, 17:18
Madridning "Real" klubi hujumchisi Garet Beyl Xitoydan ajoyib taklif qabul qilib oldi.

Bu haqda El Chiringuito ispan teledasturi ma'lum qildi.

Nomi aytilmayotgan Osiyo klubi uelslik futbolchi uchun haftasiga 1,3 million evro to'lashga tayyor turibdi.

Ma'lumot uchun, Beyl “Qirollik klubi” safida 2013 yildan beri to'p surib kelmoqda.

O'tgan mavsumda u "Real" tarkibida 42 o'yinda qatnashib, 14 gol urdi va 6 golga assistentlik qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito