

Kelishuv bo'yicha, 12 ming dollar atrofida bo'lgan transfer summasi bekobodliklar tomonidan ikki qismga bo'lib to'lanishi lozim bo'lgan.
O'tgan vaqt davomida "Metallurg" mazkur summaning teng yarmini o'tkazib bergan. Biroq aprel oyida o'tkazilishi lozim bo'lgan ikkinchi to'lov hozirga qadar amalga oshirmagan. Shundan kelib chiqib, Sho'rtan O'FA tegishli qo'mitasiga shikoyat bilan murojaat qilgan.
Ma'lumot uchun, "Sho'rtan" va "Metallurg" klublari Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Proliganing ortda qolgan 10-turidan so'ng "Sho'rtan" 23 ochko bilan 2-o'rinda borayotgan bo'lsa, 18 ochkosi mavjud "Metallurg" kuchli uchlikni yakunlab turibdi



