Xitoy. Ismoilov jamoasi "Guanchjou"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2014, 11:41
Xitoy Superligasida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Artyom Filiposyan to'p tepayotgan "Lyaoning Xongyun" klubi o'z uyida "Shaansi Chanba" bilan o'ynadi. Bahs 1:2 hisobi bilan tugadi.

Filiposyan 72-daqiqada o'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatib berdi. "Lyaoning" 3 uchrashuvda 2 ochko to'plab musobaqa jadvalining 12-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 28 mart kuni safarda "Shandong Luneng"ga qarshi o'tkazadi.

"Lyaoning Xongyun" - "Shaansi Chanba" 1:2
Gollar:
Zao Zunze 16 - YU Xai 42, K.Machinski 80

Anzur Ismoilov faoliyat olib borayotgan "Chanchun Yatai" klubi safarda amaldagi mamlakat chempioni, OCHL-2013 g'olibi "Gunachjou Evergrand" mehmoni bo'lib 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda Ismoilov to'liq o'ynadi va ogohlantirildi. Klub 4 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog'onasidan o'rin olgan. "Chanchun" 29 mart kuni safarda "Dalian Aerbin" mehmoni bo'ladi.

"Guanchjou" - "Chanchun Yatai" 1:3
Gollar:
Elkeson 58 penalti - Bechiray 36, Iglesias 40, Enino 50.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia