Xitoy. Anzur Ismoilov gol urdi, Filiposyan maydonga tushmadi

Narzulla Saydullayev
6 apr 2014, 15:45
Xitoy Superligasida 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Artyom Filiposyan to'p tepayotgan "Lyaoning Xongyun" klubi o'z uyida "Dalian Iteng" bilan o'ynadi. Bahs 3:0 hisobi bilan tugadi.

Filiposyan uchrashuvni zaxiradan o'tirib kuzatdi. "Lyaoning" 5 uchrashuvda 5 ochko to'plab musobaqa jadvalining 11-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 13 aprel kuni safarda "Czyansu Shuntian"ga qarshi o'tkazadi.

"Lyaoning Xongyun" - "Dalian Iteng" 3:0
Gollar:
Chamanga 27, 48 penalti, 70.

Anzur Ismoilov faoliyat olib borayotgan "Chanchun Yatai" klubi o'z maydonida "Shanxay Shenxua"ni qabul qilib 2:2 hisobida durang o'ynadi. Uchrashuvda Ismoilov to'liq o'ynadi va jamoasining ilk golining muallifiga aylandi. Klub 5 ochko bilan musobaqa jadvalining 9-pog'onasidan o'rin olgan. "Chanchun" 12 aprel kuni safarda "Shanxay Ist Eyshia" mehmoni bo'ladi.

"Chanchun Yatai" - Shanxay Shenxua 2:2
Gollar:
Anzur Ismoilov 25, Koelo 90+4 - Dadi 9, Gao Di 43.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia