Xerardo Martino: "Valdesning jarohati - jamoa uchun og'ir zarba"

Tolibjon Qosimov
27 mar 2014, 10:44
"Barselona" bosh murabbiyi Xerardo Martino "Selta" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) darvozabon Viktor Valdesning jarohati haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Barcha yomonliklar ortda qoldi deb o'ylagandim, adashgan ekanman. Valdesning jarohati jamoa uchun og'ir zarba, qolgan ikki oyda uning xizmatlaridan foydalana olmaymiz. Bu vaziyatdan chiqib kyetib chempion bo'lish uchun birlashish kerak", – deydi Martino Football Espana nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net