Xeldt "Shalke-04" Xediraga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi
Aslanov Jasurbek
20 mar 2015, 15:49
"Shalke-04" sport direktori Xorst Xeldt uning klubi "Real" yarim himoyachisi Sami Xediraga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.
"Xedira 5 yildan beri "Real"da to'p tepyapti. Undan tashqari, u jarohatidan oldin Germaniya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi bo'lganini unutmaslik lozim. Bu jihatlarni ham hisobga olish kerak" - deydi Xeldt.