Xavining bir yil oldin "Paxtakor" darvozasiga kiritgan "shedevr"i esingizdami? O'sha "sanat asari"ni suratlar ketma-ketligida yodga olamiz

Tolibjon Qosimov
22 mar 2020, 22:17
Ayni paytda dunyoning deyarli barcha burchaklarida sport, xususan futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgan.

"Championat.asia" ijodkorlari imkon qadar o'yinlar yo'q paytda ham o'quvchilarni zeriktirib qo'ymaslikka harakat qilmoqda. Bugun yana bir bor tarixga murojaat qilmoqchiman. Umid qilaman-ki, uyda zerikib qolgan o'quvchilarimiz uchun bu qiziq mahsulot bo'ladi.

Yodingizda bo'lsa Osiyo Chempionlar ligasining o'tgan yilgi mavsumida Toshkentning "Paxtakor" jamoasi "D" guruhida Qatarning "Al Sadd", S.Arabistonining "Al Ahli" va Eronning "Persepolis" jamoalari bilan birga kurash olib borgandi. Guruh bellashuvlarining 3-turida Shota Arveladze shogirdlari o'z uylarida "Al Sadd"ni qabul qilishgan. U paytlari ispaniyalik maestro Xavi hali qatarliklar safida futbolchi sifatida to'p tepardi (hozir Xavi "Al Sadd" bosh murabbiyi). 32 mingdan ziyod muxlis kelgan o'sha uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Mehmonlar safida har ikkala golni ham Xavi kiritgan. Shu kuni stadionga kelgan ishqibozlar ikkita shedevr gol guvohi bo'lishgandi. Xavi va Hojiakbar Alijonov ijrosida. Quyida Xavining Sanjar Quvvatov darvozasiga jarimadan kiritgan "sanat asari"ni "Championat.asia" fotograflarining obektivlariga tushgan kadrlar yordamida yana bir bor e'tiboringizga havola etamiz. Zero, ushbu suratlar bir yil oldin ham o'quvchilar tomonidan yaxshi qabul qilingandi.

OCHL, "D" guruhi
3-tur, 09.04.2019
"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent
"Paxtakor" - "Al-Sadd" 2:2
Bosh hakam:
Fu Ming (Xitoy)
Gollar: H.Alijonov 9, D.Cheran 41 - Xavi 6, 16.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Sadriddin Abdullaev (27.Sardor Sobirxo'jaev, 69), 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran, 11.Igor Sergeev (21.Marat Bikmaev, 65), 17.Dostonbek Hamdamov (99.Javohir Sidiqov, 88), 20.Odiljon Hamrobekov, 23.Sherzod A'zamov, 29.Vladimir Kozak, 34.Farruh Sayfiev.

"Al-Sadd": 22.Meshal Barsham, 2.Pedro Korreya, 5.Vu Yung (20.Salim Al Hajri, 76), 6.Xavi (8.Ali Asadilla, 82), 11.Bag'dod Bunedja, 12.Hamid Ismoil, 14.Gabi, 15.Toriq Salmon, 16.Bualem Huhi, 66.Yosir Isa (10.Hasan Al Haydos, 60), 78.Akrom Hassan Afif.

Ogohlantirishlar: Pedro Korrea 32, Akrom Afif 47.


Odil Hamrobekov tomonidan Bag'dod Bunedjaga nisbatan ishlatilgan qo'pollik va ...


"Paxtakor"ni sardor sifatida boshlab tushgan Sherzod A'zamov hakam jarima zarbasi belgilaganiga mana shunday reakciya qilgandi.


Maestro o'z ishini a'lo darajada bajardi.




VIDEO

TAS-IX emas



Shu o'rinda "Paxtakor"ning o'ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonovning "pushkasi"ni ham e'tibordan chetda qoldirmoqchi emasman. Ushbu golni "Paxtakor" darvozasi tomonda, to'g'ridan turib tomosha qilgan odam sifatida aytishim mumkin-ki, Alijonovning goli Xavinikidan ortiq bo'lsa bor-ki, aslo kam emas. Zarbaning traektoriyasini shundoqqina kuzatgandim. Afsuski, "Sport TV"ning hozirgi texnik imkoniyatlari bunaqangi shedevr golning bor jozibasini ochib bera olmaydi.

Hojiakbarning goli qay darajada bo'lganiga Dragan Cheranning munosabati ham baho bo'la oladi.


O'tgan mavsum "Paxtakor" 8 ochko bilan guruhda qolib ketgan bo'lsa, "Al Sadd" 10 ochko bilan guruhni peshqadam sifatida yakunlagan. Keyinchalik esa qatarliklar yarim finalga qadar yetib borishgan va final ostonasida bo'lajak chempion "Al Hilol" (S.Arabistoni)ga ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lub bo'lishgan (1:4, 4:2).

FOTO  Xavi, yomg'ir va 4 ta gol. "Paxtakor" - "Al Sadd" o'yinidan suratlarni tomosha qiling

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia