Xavi Usmon Dembeleni "Barselona"da saqlab qolmoqchi

Alisher
29 okt 2021, 10:50
Xavi Ernandes yaqin kunlarda "Al Sadd"ni "Barselona"ga almashtiradi.

U Ronald Kumaninng o'rnini egallaydi. Muzokaralar yakuniy bosqichda.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, endi faqat ispaniyalikning Qatar klubi bilan shartnomani bekor qilishini kutish qoldi. Xavi rasman bosh murabbiy bo'lganiddan so'ng, "ko'k-anorranglilar" Usmon Dembele, Gavi va Ronald Arauxo bilan shartnomani uzaytirish bilan shug'ullanishmoqchi.

Xavi jamoani Ansu Fati va Usmon Dembele atrofida qurgan holda, qanotlarga e'tibor bermoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano