Xavi "Real" bilan o'yinda Pikeni maydonga tushirmoqchi emas

Aziz Tukhtamuradov
14 okt 2022, 07:28
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Real"ga qarshi o'yinda Jerar Pikeni maydonga tushirmoqchi emas.

Ma'lumotlarga qaraganda, murabbiy 16 oktyabr kungi o'yingacha Jyul Kundening tayyor bo'lishiga umid qilmoqda. 

Xavi "Inter" bilan o'yinda Pikening o'zini tuta olmaganidan norozi va uni zaxira o'rindig'iga qaytarmoqchi. 

Kunde 22 sentyabr kuni oyog'idan jarohat olgandi. Ayni paytda uning holati qoniqarli baholanmoqda. Agar u shu tempda sog'ayishda davom etsa, "Klasiko"da dastlabki daqiqalardan maydonga tusha olishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Diario Sport