Xavi Gavining jarohati haqida: Gavining yo'qligi - biz uchun fojia

Nozimov Nig'monxo'ja
26 noya 2023, 07:33
Xavining aytishicha, Barselona yarimhimoyachisi Gavining jarohatlanishiga taqvimning tig'izligi sabab bo'lgan.

19 yoshli yarimhimoyachi Evro-2024 saralashidan o'rin olgan Ispaniya - Gruziya (3:1) o'yinida tizzasining xochsimon paylaridan jiddiy jarohatlandi. U 7-9 oyni o'tkazib yuboradi.

Gavining yo'qligi - biz uchun fojia. U - almashtirib bo'lmaydigan o'yinchi. U beradigan ishtiyoq, istak va jasorat... Uning o'rnini bildirmaslikka harakat qilishimiz kerak, lekin bu qiyin.

Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi de la Fuente bilan yaxshi munosabatdaman. Seshanba kuni u menga qo'ng'iroq qildi va biz gaplashdik. Menimcha, muammo murabbiyning qarorida emas, bu - ko'proq tavqim muammosi. Gavining yoshini hisobga olsak, u ko'p daqiqa o'ynadi. Bazida shunday baxtsizliklar sodir bo'ladi.

De la Fuente bilan hech qanday kelishmovchilik yoki muammo yo'q. Muammo tavqimda, - deya Barselona ustozining so'zlarini keltiradi Marca.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.asia