

"Yarim final - bizning yo'limizdagi navbatdagi manzil. Ha, balki, mavsum boshida barchasi ham biz o'ylagandek bo'lmagandir, ammo hozir holatni to'g'irlab boryapmiz. Hech kim Yevropa ligasini YCHL kabi qadrlamasa kerak. YCHLda o'ynashni istaymiz va Yevropa ligasi sovrini orqali u erga qaytmoqchimiz. U yerda yo'qligimiz kimlar uchundir og'riqlidir. Biroq nima bo'lgan taqdirda ham bugun g'alaba uchun o'ynaymiz", - dedi Xavi.
Yevropa ligasi 1/4 finali doirasida "Barselona" va "Ayntraxt" jamoalari ishtirokidagi bahs ertaga tunda bo'lib o'tadi.



