

"Xavi detallarga Gvardiola kabi e'tiborli bo'lmaydi. Uning o'z qarashi bor.
Ular o'ynagan poziciya boshqa rollarni ham ko'rishga yordam beradi. Ammo Xavi e'tiborli emas, shunday bo'lsada u katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda, murabbiy sifatida muntazam ravishda rivojlanmoqda.
Agar buyuk futbolchi keyinchalik murabbiy bo'lsa, u o'yinchilarga osonlik bilan "ustanovka" beradi.
Gvardiola uchun esa mashg'ulotning har bir detali ahamiyatli. U muntazam ravishda menga qanday qilib korpusda o'ynash kerakligi, o'ng va chap oyoqda o'ynashni ko'rsatardi. U meni chap oyoqda o'ynashimni istardi, bu orqali menda maydon ichida ko'proq imkoniyat bo'lardi. Agar faqat o'ng oyoqda o'ynasangiz, maydonni ko'rish imkoniyatlaringiz pasayib ketadi.
Gvardiola xech qachon menga gol urishni o'rgatmagan, chunki menda bu narsa unga qaraganda yaxshiroq o'xshardi", - dedi Levandovski.



