

"Bu mening ishim emas, bunga izoh bermayman. Bu klubga bog'liq. Usmon - professional, men uni doim himoya qilganman. "Atletik"ga qarshi o'yinda biz doim ko'rishni xohlaydigan Dembeleni ko'rdik", - deydi Xavi.
23 yoshli fransiyalik futbolchi kechagi o'yinda 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Dembele "Barselona" bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi. Hujumchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.



