Xargrivz "Manchester Yunayted"ga Xummelsni olmaslikni taklif qildi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2015, 21:28
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Ouen Xargrivz mankunianlarga Dortmundning "Borussiya" klubidan Mats Xummelsni sotib olmaslikni maslahat bermoqda.
"Xummels - agar to'p bilan muomala borasida aytsak ajoyib himoyachi, lekin himoyalanishni bilmaydi, sababi juda sekin. Mats - bu yangi Bekkenbauer, ammo MYUning o'rnida bo'lganimda men Vidich va Kompani kabi jismonan baquvvat futbolchilarni qidirardim.

Xummels - Bundesligada oxirgi o'rinda borayotgan jamoaning sardori. Bu "Yunayted"ning darajasimi? Shubhalanayapman".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru