
Madridliklar 32 yoshli futbolchiga ikki yilga muljallangan va yana ikki yilga uzaytirish mumkin bo'lgan shartnoma taklif etishmoqchi. Yangi shartnomaga ko'ra Alonsoning maoshi 6 million evroni tashkil etishi kutilmoqda deb xabar beradi AS.
Manbaning xabariga ko'ra, ayni paytda Alonso yiliga 4 million evro ishlamoqda.
Avval berilgan xabarlarda “PSJ” futbolchiga qiziqayotgani aytilgan edi.