Xabi Alonso "Tottenxem" murabbiyligi uchun asosiy nomzod

Omonjon To`xtamirzayev
3 may 2023, 17:47
"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Tottenxem" boshqaruvini qo'lga olishi mumkin.

Bu haqida Daily Mail xabar berdi.

Nomzodlar ichida yana "Bavariya" sobiq bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann va "Feyenoord"dan Arne Slot bor. Ammo ma'lumotlarga qaraganda, Nagelsmann endigina 35 yoshga kirgani, Slotda esa sovrinlar va top musobaqalardagi tajriba yo'qligi "shporlar" prezidenti Deniel Levini ikkilantirmoqda. O'z navbatida, Rottyerdam klubi murabbiyini maoshini oshirgan holda yana bir mavsumga olib qolish niyatida. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia