Xabi Alonso: “O'ylashimcha, Klopp finalda barchani hayratda qoldiradi”

“Liverpul” va “Real” klublari sobiq futbolchisi Xabi Alonso mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bu Yurgen uchun birinchi final emas. U “Liverpul”ning yetakchisi va yigitlarni muhim o'yinga ruhlantira olishi shart. Yurgen aqlli va jasur murabbiy. U yangilikka intiluvchan shu sabab o'ylashimcha, u finalda o'zgacha nimadir o'ylab topadi va biz barchamiz bundan hayratga tushamiz. Maydonda nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Ammo men ishonamanki, u finalda “Liverpul”ning g'alabasini yuksak baholamoqda.

Ha, Klopp to'g'ri ta'kidladi: agar u “Real”ni finalda mag'lub etsa buni 500 yildan keyin ham eslashadi. Agar sen ulkan muvaffaqiyatga erishgan jamoaning bir bo'lagi bo'lsang, buni doimo eslashadi. Buning uchun qayerda o'ynashiningni ahamiyati yo'q: Liverpuldami, Madriddami va yoki Myunxenda”, deya Alonsoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Liverpul” matbuot xizmati.


Manba: "Ливерпул" ФК расмий сайти