

WhoScored futbolchilarning o'yin davomida amalga oshirgan foydali harakatlari qarab har bir o'yinda ochko beradi. Xalk 30ta o'yinda o'rtacha – 8,08 ball olib birinchi bo'ldi.
Ikkinchi o'rinni SSKA vakili Pontus Vernblum egalladi (7,6). Uchinchi pog'ona Krasnodar to'purari Fedor Smolovga (7,52) nasib qildi.
"Lokomotiv" himoyachisi, hamyurtimiz Vitaliy Denisov 18-o'rindan joy oldi. Uning o'rtacha ochkosi 7,25ni tashkil qildi.
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov 86-pog'onada qayd etildi. "Krasnodar" yarim himoyachisi o'rtacha 6,88 ochko olgan.



