Vlaxovich to'pig'ini chiqarib oldi va "Inter"ga qarshi o'ynamaydi

Omonjon To`xtamirzayev
26 apr 2023, 16:00
"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich ktta ehtimol bilan Italiya Kubogi 1/2 finali doirasida "Inter"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Bu haqida turinliklar ustozi Massimiliano Allegri ma'lum qildi.

Kecha Vlaxovich mashg'ulotda to'pig'ini chiqarib oldi. Uning holatini yana baholaymiz, ammo bu uchrashuvda u bizga yordam berolmasa kerak. 

Uchrashuv bugun tunda (23:59) bo'lib o'tadi. Birinchi bellashuvda (1:1) durang qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: twitter.com/rudygaletti