Vlaxovich YCHLdagi debyuti haqida: “Bu o'yinni unutib bo'ldim”

Eldor Akmurzayev
23 fev 2022, 08:05
YCHL 1/8 finalida “Yuventus” safarda “Vilyarreal” bilan durang (1:1) o'ynadi.

Turinliklar safida musobaqada debyutini o'tkazgan Dushan Vlaxovich o'yin startidanoq raqib darvozasini ishg'ol etdi.

“Orzum “Yuventus”da amalga oshdi, ammo g'alaba qozona olmadik va bundan xursand emasman, yutishni istagandik. Bu ro'y bermadi, oldinga intilishda davom etamiz.

O'ylashimcha, kiyim almashtirish xonasidagi rejalarimizni amalga oshirdik, lekin, ko'p jihat raqibga bog'liqligi shubhasiz. “Vilyarreal”ni o'yin bilan tabrikladik.

Shaxsan o'zim allaqachon bu uchrashuvni unutdim, keyingi bahs haqida o'ylashim kerak.

Gol nishonlashimga kelsak, odamlar doimo noto'g'ri xulosa qilishadi. Gazetalarni o'qimayman va bu jest tanqidchilarga emas, oilam a'zosiga bag'ishlangandi. Bori shu”, deydi Vlaxovich.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia