Vladislav Pavlenko Mashalda

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2016, 16:39
Muborakliklar ham ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlab yubordi.
Jamoa a'zolari Yangiyerdagi bazada yig'in o'tkazmoqda. Tarkibga avval xabar berganimizdek, Cementchining qoraqalpog'istonlik hujumchisi Nurlibek Talasboev kelib qo'shilgan. Undan tashqari ukrainalik Vladislav Pavlenko ham ikkinchi davrani gazchilar safida o'tkazishga yaqin. Boisi 22 yoshli markaziy himoyachi ayni damda Mashal yig'inida ishtirok etmoqda. Mavsumning birinchi qismini Navbahorda o'tkazgan Pavlenko 9ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 693 daqiqa xarakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia