Vladimir Yovovich - Superliga-2024ning eng yaxshi xorijlik futbolchisi!

Tolibjon Qosimov
11 dek 2024, 11:44
Bugun "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida Superliganing eng yaxshilari taqdirlanmoqda.

Bundan tashqari, PFL rahbariyati va OAV o'rtasida ochiq muloqot ham bo'lib o'tadi.

Superliga-2024. Mavsumning eng yaxshi xorijlik futbolchisi bo'lishga nomzodlar:

Vladimir Yovovich ("So'g'diyona")

Joel Kojo ("Dinamo")

Lyupcho Doriev ("So'g'diyona")

PFL mavsumning eng yaxshi xorijlik futbolchisi nomini e'lon qildi. Unga ko'ra, yuqoridagi uch nomzod orasidan "So'g'diyona" vingeri Vladimir Yovovich Superligada mavsumning eng yaxshi xorijlik futbolchisi deb topildi.


Ma'lumot uchun, V.Yovovich joriy mavsum Superliga va O'zbekiston kubogi doirasida 28ta o'yinda 10ta gol urgan hamda 10ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia