Vitaliy Levchenko: "Tartibli futbol evaziga g'alabaga erishdik"

Alisher
10 avg 2024, 22:22
Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Neftchi"-"Dinamo" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Albatta bugungi o'yin uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Bir kishi kam bo'lib qolgan bo'lsak ham futbolchilar juda tartibli o'yin ko'rsatishdi. G'alaba qozondik, jamoa a'zolari va muxlislarni tabriklayman. 

- Qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatga munosabatingiz? 

- Tanaffus vaqtida epizod videolavhasini ko'rdim. Qizil kartochka uchun bahslashsa bo'ladi. Hakamlar shunday qarorga kelishgan ekan,  etirozim yo'q. Lekin vaziyatda qizil kartochka ko'rsatish uchun etarlicha sabab yo'q edi. 

- Jamoa "Nasaf" bilan o'yinda ham bir kishi kam bo'lib harakat qilgandi. Bugun ham shunday bo'ldi. "Neftchi" kamchilik bo'lib o'ynash uslubiga moslashib ham qoldimi? 

- To'g'ri, ayrim o'yinlarda kamchilik bo'lib qolayapmiz. Lekin bugun qizil kartochkadan keyin yigitlar tartibli futbol namoyish etgan holda o'yinni qutqarib ketishdi. 

- Jasur Jaloliddinov xorij klubiga transfer qilinayotgani haqidagi xabarlarga munosabatingiz? 

- Bu haqida aniq ma'lumotim yo'q. Shunaqa taklif bor bo'lsa, rahbariyatning qarori bu jarayonni hal qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia