

"O'yin teng kurashda o'tdi. Bunday o'yinlarda standart vaziyat ko'p narsani hal qilishini aytgandim. Aynan burchak to'pidan so'ng gol o'tkazib yubordik. Bizda ham, raqibda ham vaziyatlar bo'ldi. Maydon sifati ajoyib darajada ekanini ko'rdim. Vaqt o'tgani sari chim yanada ajoyib bo'lishiga ishonaman. O'tgan yilga nisbatan maydon sifati tubdan o'zgargani bilinib turibdi", - deydi Vitaliy Legay.


