Visente Del Boske: "Finlandiya ustidan qozongan g'alaba muhim ahamiyat kasb etishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
7 sen 2013, 12:13
Ispaniya terma jamoasi ustozi Visente Del Boske JCH-2014 saralashidan o'rin olgan Finlyandiyaga qarshi o'yindan so'ng (2:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
– O'yin qiyin bo'ldi, – deydi Del Boske Football Espana nashriga. – Raqib kuchsiz deb qarash kerak emas. Finlyandiya tartibli o'ynadi va bizga katta tashvish tug'dirdi. Raqib bir necha bor xavfli hujumlar tashkil qildi, ammo himoyachilarimiz yaxshi o'ynashdi. Bugungi uch ochko juda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru