Vinisius: "Ertami kechmi baribir Mbappe "Real"ga o'tadi"

Mirjalol Normatov
23 iyun 2019, 16:57
"Real" futbolchisi Vinisius PSJ hujumchi Kilian Mbappe "qirollik klubi"ga o'tishi borasidagi savolga javob berdi.

"Har bir jamoaning muxlislari o'z klubida Mbappe bo'lishini istashi aniq. Uning o'yinlaridan zavqlanaman, u ko'p narsalarga erishib bo'ldi. Uni "Real" tarkibida ko'rish ajoyib bo'lardi. Ertami kechmi u baribir "Real"ga o'tadi va u bilan birga o'ynayman", - dedi Vinisius.

Oldinroq Mbappe "Real" bilan muzokaralar olib borayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le Figaro