Vinisius 2025 yil oxirida depressiyadan qiynalayotgan Arauxoga qo'ng'iroq qilgan

Administrator
12 fev 2026, 00:33
Vinisius Junior ruhiy muammolarga duchor bo'lgan Ronald Arauxoga samimiy munosabatda bo'lgan.

As nashrining xabar berishicha, 2025 yil oxirida "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo tushkunlik bilan kurashayotganida unga "Real" qanot hujumchisi Vinisius Junior qo'ng'iroq qilgan. Braziliyalik futbolchi Arauxoning ahvolidan xabar olib, uni qo'llab-quvvatladi va ruhlantirmoqchi bo'ldi.

Oldinroq xabar qilinganidek, Vinisius Arauxo bilan yanvar oyida Ispaniya Superkubogi finalida ham suhbatlashgani ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: As