Vinchenco Montella: "Gomes yana bir necha haftani o'tkazib yuboradi"

Tolibjon Qosimov
9 yanv 2014, 16:50
"Fiorentina" bosh murabbiyi Vinchenco Montella klubning ikki nafar yetakchi hujumchisi – Mario Gomes va Juzeppe Rossining jarohatlari borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Albatta, bizga Rossi ham futbolchi, ham inson sifatida yetishmayapti. "Fiorentina"da qobiliyatli yoshlar juda ko'p, biroq ularni Rossi yoki Gomes bilan taqqoslash to'g'ri emas.

Gomes yana bir necha hafta maydonga tusha olmaydi. U hali maydondagi mashg'ulotlarni boshlagani yo'q.

Bitta klubda bunday yuqori saviyadagi ikki hujumchining jarohat olganini eslay olmayman", – deydi Montella.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru