Vilyarreal o'z tarixida ilk bor Primeroda peshqadam bo'ldi
Narzulla Saydullayev
27 sen 2015, 11:30
Vilyarreal Ispaniya chempionati 6-turida Atletikoni mag'lub etdi (1:0).
Shunday qilib, sariq suv osti kemasi o'zining 92 yillik tarixida birinchi marta Ispaniya chempionatida peshqadam bo'lib oldi. Jamoa Barselonadan 1 ochko oldinda bormoqda.
Kecha Vilyarreal primerodagi o'zining 576-uchrashuvini o'tkazdi.