“Vilyarreal” a'zosi: “Maqsadimiz YCHLda g'olib bo'lish”

Eldor Akmurzayev
22 fev 2022
“Vilyarreal” yarim himoyachisi Arno Danjuma YCHL 1/8 finali doirasidagi “Yuventus”ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“O'tgan yili Yevropa Ligasida g'alaba qozongandik. Klubning endigi maqsadi esa Chempionlar Ligasi joriy mavsumida g'olib bo'lish. Hozircha biz uchun hammasi yaxshi ketmoqda.

“Yuve”ga qarshi bahsda to'xtab qolmaymiz, ammo doimiy ishimizni davom ettiramiz. MYUga qarshi “Old Trafford”dagi o'yinda qoyilmaqom futbol o'ynadik va ko'plab vaziyatlar yaratdik. G'alaba bizning DNKmizdir.

Maqsad – YCHLni yutish. Bu amalga oshmaydi deb o'ylaysizmi? Bunday demagan bo'lardim. Mayli autsayder bo'laqolaylik. Maqsadimiz shunday qo'yilgan va bunga erishish uchun barcha narsani qilamiz”, deydi Danjuma.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua