Villian: "Mourinyo meni "Manchester Yunayted"ga chaqirgandi"

Omonjon To`xtamirzayev
10 avg 2017, 01:33
"Chelsi" yarim himoyachisi Villian "Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchini "qizil iblislar" safiga chorlaganini tan oldi.

"Bu masala agentim bilan bir necha bor muhokama qilingan. Men Mourinyo bilan ishlaganman va biz yaqin do'st bo'lib qoldik. Men unga yoqib qoldim, u ham o'z navbatida menga ham murabbiy, ham oddiy inson sifatida yoqadi. U menga va mehnatimga ishonadi. Buning uchun undan minnatdorman.

"Manchester" vakillari kelishgandi va agentim bilan muzokara olib borishdi, ammo hech nima o'xshamadi. Sababi "Chelsi“ mening transferim borasidagi har qanday taklifni rad etmoqda. Men Londonda baxtliman.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru