

32 yoshli braziliyalik futbolchi MLS muntazam chempionati doirasidagi "Orlando Siti" va "San-Xose Ertkveys" o'rtasidagi o'yinga tashrif buyurdi.
"Kechki maxsus tashrif - Villian. Biz unga shou yoqishiga ishonchimiz komil", - deyiladi "Orlando Siti"ning Twitter'dagi xabarida.
Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsum 37ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 7ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.




